Vue.js
Vue.js | |
Muallif | Evan Yu |
---|---|
Chiqarilgan sana | 2014-yil fevral |
So‘nggi versiyasi | |
Litsenziya | MIT Licence |
Vebsayt: | https://vuejs.org |
Vue.js (shuningdek, Vue ; /vjuː/) foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun ochiq manba kodli JavaScript freymvorki. Loyihalarda boshqa JavaScript kutubxonalari bilan birga ishlatishda oson. Uning yordamida reaktiv uslubdagi bir sahifali dasturlar yaratish imkoni mavjud.
Hozirda Netlify, Netguru, Baidu, Livestorm kabi turli kompaniyalarning asosiy a'zolari hamda freymvork tuzuvchisi Evan Yu tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
2016-yilda JavaScript bo'yicha o'tkazilgan so'rovnomada Vue 89% dasturchilarda qoniqish hosil qilgan. GitHub-da ushbu loyiha 188K yulduzga ega va bu GitHub tarixidagi uchinchi yirik loyiha.
2015-yil oktabr oyida kutubxonaning 1.0 versiyasi, 2016-yil sentabr oyida 2.0 versiyasi chiqdi.
2.0 versiyasidan boshlab u server tomonida renderlashni ham qo'llab-quvvatlashni boshladi, ya'ni SSR (Server tomonida ko'rsatish).
Talqinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]versiya | ishlab chiqarilish sanasi | Sarlavha |
---|---|---|
3.2 | 2021-yil, 5-avgust | The Quintessential Quintuplets |
3.1 | 2021-yil, 7-iyun | Pluto |
3.0 | 2020-yil, 18-sentabr | One Piece |
2.6 | 2019-yil, 4-fevral | Macross |
2.5 | 2017-yil, 13-oktabr | Level E |
2.4 | 2017-yil, 13-iyul | Kill la Kill |
2.3 | 2017-yil, 27-aprel | JoJo's Bizarre Adventure |
2.2 | 2017-yil, 26-fevral | Initial D |
2.1 | 2016-yil, 22-noyabr | Hunter X Hunter |
2.0 | 2016-yil, 30-sentabr | Ghost in the Shell |
1.0 | 2015-yil, 27-oktabr | Evangelion |
0,12 | 2015-yil, 12-iyun | Dragon Ball |
0.11 | 2014-yil, 7-noyabr | Kovboy Bebop |
0.10 | 2014-yil, 23-mart | Blade Runner |
0.9 | 2014-yil, 25-fevral | Animatrix |
0.8 | 2014-yil 27-yanvar | |
0.7 | 2013-yil 24-dekabr | |
0.6 | 2013-yil 8-dekabr | VueJS |
Kontseptsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dasturchilar Vue.js-ni boshqa veb freymvorklarga qaraganda progressiv hamda juda moslashuvchan deb atashadi.
Bu esa dasturchilarga dastur tuzilishini o'zining talablariga mos ravishda sozlab olish imkoniyatini beradi. VueJS AngularJS'ga qaraganda o'rganish juda oson hamda API juda yaxshi ishlab chiqilgan. Vue.js'da JavaScript va HTML asoslaridan foydalanish mumkin. Typescriptdan foydalanish ham mumkin. vuejs.org saytida Vue.js'ga tegishli bo'lgan juda boy va ko'p tillarda ishlab chiqilgan undan qanday foydalanish va loyihalash bo'yicha o'z hujjatlari mavjud.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vue dasturiga misol
dastur fayli *.js ko'rinishida saqlanadi.
var vm = new Vue({
el: "body",
data: {
message: "Salom dungo",
items: [
"bu",
"siz",
"bilgan",
"Array/Massiv"
]
}
});
Komponentlar uchun HTML shablon
<!-- HTML-kod -->
<div id="example">
<my-component></my-component>
</div>
<!--DOMdan foydalanish-->
<div id="example">
<div>Bu yangi komponent</div>
</div>
Asosiy kutubxona va asboblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- vue-router - Vue.js uchun rasmiy router hisoblanadi
- vuex - Vue.js uchun Flux-ga asoslangan markazlashtirilgan holat boshqaruvi
- vue-loader - bu Vue komponentlarini bitta fayl komponentlari (SFC / Vue Single-File Component) deb nomlangan formatda yozish imkonini beruvchi veb-paket yuklovchi.
- Vue Server Renderer - Vue.js uchun server tomoni renderlash
- vue-cli - Vue.js'da tez dasturlash uchub starndart asboblar to'plami